| Verse 1: |
| Dilimni o’rtama hech yonimga kelmay, |
| Bedorman-ku erta-kech orom ne bilmay. |
| Falag-u, yer, ham sahro, bo’ston sensiz begona, |
| Cheksiz samoga, o’zga dunyoga ketsaydim men birga. |
| Chorus: |
| Hayotim, borim, hayolim, taronam, nolam, |
| Ham baxtim, hamda ozorim. |
| Bor tanu-jonim, bedorim, tunlarim zorim, |
| Yolg’izim o’zing vafodorim. |
| Verse 2: |
| Hayotim bo’lar zebo bir seni sevsam, |
| Dilimga to’lar ziyo sen bilan bo’lsam. |
| Hattoki bir tomchi suvdan ham izing topaman, |